«LeaderTask» dasturi yordamida xodimlarga berkitilgan vazifalarni nazorat qiling
“TEZKOR MATBAA” MCHJ sizga o'z biznesingizni rivojlantirish va boshqaruvchi samarali olib borishingiz uchun «LeaderTask» dasturidan foydalanishni taklif qiladi.
Sizning kompaniyangizga Lidertask nega zarur!
-Topshirishlarni o’z muddatida ijro etish
-Xar bir xodim uchun kunlik, xaftalik, oylik aniq ish rejalarini bergilab berish uchun
-Qo’l ostingizdagi xodimlar bajargan ishlar bo’yicha xar doim so’ngi ma’lumotlarni bilish uchun
-Ko’plab loyihalarni bir vaqtda bajarish uchun
-Kompaniyani masofadan ya’ni uyda, mehnat ta’tilida yoki xizmat safarida xam loyihalarni boshqarishingiz munkun
Dastur haqida ma'lumot
Vazifa va topshiriqlar
“LeaderTask” sizning har bir vazifa va topshiriqingizni ishonchli tarzda saqlaydi. Unda barcha vazifalar haqida ma’lumotlar mujassamlashgan. Bajarilishi kerak bo’lgan topshiriqlar, uning ijrochisi haqida, topshiriqni bajarilish muddati, hamkasblar bilan chatda muhokama qilish, biriktirilgan fayllar, endi hammasi bir joyda. Qiyin vazifalarni kichik bosqichlarga ajratish va bu bosqichlar uchun alohida ijrochi shaxsni belgilash imkoniyati ham mavjud.
Loyihalar
Loyihalar sizga haqiqiy biznes loyihalarni amalga oshirish imkonini beradi va ushbu loyiha bo’yicha barcha vazifalar to'planadi. Har bir loyihada ushbu loyiha uchun vazifalarni bajaradigan xodimlarning alohida jamoasi mavjud. Loyihalar ham, vazifalar singari daraxtga o'xshash tuzilishga ega bo'lishi mumkin, bu esa ko'plab loyihalarni amalga oshirishni osonlashtiradi.
Shartli Belgilar va ranglar
Belgilar va ranglar topshiriqlarni ahamiyatli va ustuvor ravishda vizual tarzda ajratib ko’rsatish imkonini beradi. Siz o’zingizga qulay bo’lgan shartli belgi va ranglaringizni tuzishingiz mumkin. Belgilar, bu – vazifalar uchun “stiker”lar, ranglar bilan esa vazifalarni rangli tarzda belgilab qo’yishingiz mumkin.
Taqvim va eslatmalar
Taqvimda ish jadvalini kunlar, haftalar va oylar bo'yicha rejalashtirishingiz mumkin. “LeaderTask” eslatmalari esa sizga muhim uchrashuvlarni o’tkazib yubormaslikingizda yordam beradi. Mobil dastur “LeaderTask” Windows, iPhone, iPad, Android kabi eng mashhur platformalar uchun ilovalarga ega. Buning natijasida ishlar ro'yxati har doim siz bilan birga bo'ladi. O’zingizga qulay vaqtda va qulay joyda ishlang. Hatto internetsiz joylarda ham. Hamma ma’lumotlar doim sizning qurilmangizda saqlanadi.
Filtrlash
“LeaderTask” sakkiz parametr bo'yicha filtrlash tizimiga ega. Buning natijasida siz kerakli ma’lumotlarni ajratib olishingiz mumkin: ijrochi bo’yicha, mijozlar bo’yicha, loyiha bo’yicha, sana bo’yicha, ahamiyati bo’yicha, shartli belgilar, rangi, va kontaktlar bo’yicha.
E-mail shlyuz
Elektron pochta manzilingizdan x@leadertask.com manziliga xat yuborish orqali vazifalar yarating. Yuborilgan vazifa LeaderTaskning “Kiruvchilar” bo’limida paydo bo’ladi. Offlayn rejim Avtonom holat yoki offlayn rejim, bu LeaderTask`ning asosiy afzalligidir.
Sizning ishlaringiz internet aloqasining sifatiga yoki uning yo’qligiga bog’liq bo’lmaydi. Siz va xodimlaringiz uzoq xududlarda, shu jumladan parvoz davomida, va eng asosiysi o’zingizga qulay bo’lgan joyda ishlashingiz mumkin. Barcha topshiriqlar esa internetga ulanish mavjud bo’lishi bilan kerakli manzilga yuboriladi.
Xavfsizlik
“LeaderTask” ma’lumotlari eng ishonchli hisoblangan Microsoft Azurening bulutli serverida joylashgan.
Buning natijasida, maksimal uzluksiz ishlash vaqti 99,98% ni tashkil qiladi.
MICROSOFT AZURE imkoniyatlari
- Ma’lumotlar markazining global tarmog’i
- Ichki shifrlash
- Avtomatik uch bosqichli rezerv nusxalash
- Barcha ichki trafik uchun SSL yordaimda autentifikatsiya qilish
- Elektr va tarmoq uzilishlaridan muhofaza qilish (99,95%)
- Sertifikatlar va xususiy kalitlar koddan alohida tarzda o’rnatiladi
- Ulanish https protokoli bo’yicha SSL shifrlar orqali amalga oshiriladi
- Barcha ma’lumotlar shifrlangan shaklda uzatiladi!
Tizimlar
Siz LeaderTask`ni Windows va Android uchun, sizning ichki serveringizga ulangan holda olasiz.
Mukammal xavfsizlik
Sizning ma’lumotlaringizga kirish imkoniyati faqat kompaniyangiz xodimlari uchun mavjud bo’ladi. Sizning serverda LeaderTaskni o’z serveringizga joylashtiring. Barcha ma'lumotlar kompaniya ichida, ya’ni sizning serverlaringizda saqlanadi.
UZ